» » O‘zbekistonda 30-iyun kuni yoshlar sayllari o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 30-iyun kuni yoshlar sayllari o‘tkaziladi


O‘zbekistonda 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan sayllar tashkil etiladi. Hozirda sayllarni tashkil etish yuzasidan maxsus ssenariy tayyorlanmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev 5-iyun kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

30-iyun kuni O‘zbekistonda yoshlar kuni deb e’lon qilindi. Mamlakat tarixida avval hech qachon yoshlar kuni nishonlanmagan. Bu nima degani? Mamlakatimizdag barcha yoshlarga o‘z kunini nishonlash imkoniyati yaratildi. Hozirda ushbu kunni munosib o‘tkazishga tayyorgarlik boshlab yuborildi.

Ota-ona farzandiga qarab; ‘O‘g‘lim seni bugungi kuning bilan tabriklayman’ desa, bu juda katta sharaf. Yilda 365 kun bolalarning bayrami. Lekin yoshlarning o‘z kuni bo‘lishi bu tarixda bo‘lgan emas.

30-iyun dam olish kuni emas. Biroq biz bu kunni shunday o‘tkazishimiz kerakki, mamlakatda yoshlar sayllari o‘tkazilishi kerak. Shuning uchun maxsus ssenariy ishlab chiqilmoqda. Ko‘p odamlar o‘ylaydi bu narsa qiyin, qilib bo‘lmaydi, deydi. Lekin, Xudoga shukur, mamlakatimizda qilib bo‘lmaydigan, amalga oshirib bo‘lmaydigan ishni o‘zi yo‘q.

Qahramon Quronboyev, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют