» » AQShda joylashgan 7 ta dunyo mo‘jizasi (fotogalereya)

AQShda joylashgan 7 ta dunyo mo‘jizasi (fotogalereya)


Forum Daily AQShda joylashgan “olam mo‘jizalari” bilan bo‘lishdi. Bular tabiiy hamda inson qo‘li bilan yaratilgan hayratlanarli obyekt va inshootlardir.

Amerikaning mashhur tabiat mo‘jizalaridan biri 1979-yilda YuNESKO Jahon merosi obyekti deb tan olingan. Olti million yillik tarixga ega Grand-Kanyon 277 mil (365 km)ga cho‘zilgan.

Yerdagi eng tez oquvchi sharsharada suv 50 metr balandlikdan oqib tushadi. Niagara sharsharasi aslida uchta alohida sharsharadan iborat.

Kaliforniya o‘rmonlarida dunyodagi eng baland daraxtlar o‘sadi. Ularning balandligi 115 metrga yetishi mumkin.

Bu yerda sayyoradagi eng yuqori harorat qayd etilgan  — +56,7 daraja. O‘lim Vodiysida bir kecha-kunduz suvsiz yashash o‘limga olib kelishi mumkin.

Mesa-Verde milliy bog‘ida joylashgan ulkan majmua ming yillar oldin qurilgan va kamida 150 yil davomida odamlar yashaydigan joy bo‘lgan.

Germaniyalik muhojir Pol Dobbershteyn tomonidan Muqaddas Mariyaga atab qurilgan ziyoratgoh. Inshoot uchun toshlarni u 14 yil davomida yig‘gan, so‘ng 42 yil davomida ziyoratgohni qurib bitirgan.

Bu ulkan muzlik Distribyushn ko‘rfazida joylashgan bo‘lib, eni 10 km, balandligi 122 metrga yetadi. Undan ko‘pincha aysberglar sinib tushadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют