» » Toshkentda Turkiyaga fohishalik uchun ketayotgan ayollar qo‘lga olindi (video)

Toshkentda Turkiyaga fohishalik uchun ketayotgan ayollar qo‘lga olindi (video)


Toshkent xalqaro aeroportida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan Turkiyada fohishalik bilan shug‘ullanish uchun ketayotgan ayollar qo‘lga olindi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanaliga tayanib, UzNews xabar berdi.

“O‘zbekiston 24”  kanalining reportajida aytilishicha, Turkiyaga ishlash uchun borgan o‘zbekistonlik ayol avvaliga og‘ir mehnat bilan shug‘ullangan, biroq keyinchalik fohishalik yo‘liga kirgan. Tez orada ayol o‘zining singlisiga murojaat qilib, O‘zbekistondan fohishalikka qizlar topib berishni iltimos qilgan. 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan qizlarni to‘plagan ayol tanishlari orqali ular uchun Turkiyaga aviachiptalar sotib oladi. Ma’lum bo‘lishicha, qizlarga Turkiyada uy xizmatchisi bo‘lishini aytishgan. Qizlarning ko‘pchiligi xorijda fohishalik bilan shug‘ullanishini bilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 15:13)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют