» » O‘zbekiston Milliy gvardiyasi institutiga tanlov qanday amalga oshiriladi?

O‘zbekiston Milliy gvardiyasi institutiga tanlov qanday amalga oshiriladi?


Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutida harbiy-professional tanlash tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ishlab chiqilgan, deya xabar beradi Norma.

Tanlash tadbirlari 1-iyundan 25-iyunga qadar o‘tkaziladi. Bu vaqtda abituriyentlar turar joy va oziq-ovqat bilan ta’minlanmaydi.

Tanlov quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Hujjatlarni o‘rganish — qabul komissiyasining tegishli a’zolari tomonidan amalga oshiriladi. Abituriyent taqdim etgan barcha shaxsiy hujjatlar yig‘majildda yig‘iladi va belgilangan qoidalar bo‘yicha tekshiriladi;

Psixofiziologik o‘rganish — tasdiqlangan metodika bo‘yicha avtomatlashtirilgan psixofiziologik komplekslar yordamida amalga oshiriladi. Har bir nomzod bilan individual ravishda alohida xonada, qo‘llariga elektrodlarni ulash va ular orqali 10 daqiqagacha kichik quvvatli elektr impulslar uzatish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Xususiyati 5 ballik tizim bo‘yicha baholanadi;

Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish — maxsus shakllantirilgan harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan o‘tkaziladi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha shaxsning institutda o‘qishga yaroqliligi darajasi to‘g‘risida xulosa chiqariladi. O‘qishga yaroqsiz deb topilganlar keyingi tanlash tadbirlariga qo‘yilmaydi;

Yozma ish (diktant) o‘tkazish — nomzodning orfografik va punktuatsion savodxonligini baholash maqsadida tasdiqlangan metodikaga muvofiq diktant ko‘rinishida o‘tkaziladi. Diktantning mavzulari va matnlari qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. Ishlar qilingan xatolar va tuzatishlar soniga qarab 5 ballik tizim bo‘yicha baholanadi;

Kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish — elektron test sinovlari yo‘li bilan. 1,5 soatga (90 daqiqa) 50 ta test savoli beriladi. Testlar umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus va kasb-hunar ta’limi o‘quv dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi;

Yakka tartibdagi yakuniy suhbatni o‘tkazish — qabul komissiyasi a’zolarining nomzod bilan suhbati (savol-javob) shaklida o‘tkaziladi. Savollar nomzodning yetakchilik fazilatlari, aqliy qobiliyatlari, dunyoqarashini aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Jami 3 ta savol va javob berish uchun 10 daqiqa beriladi.

O‘tilgan barcha bosqichlar natijalari bo‘yicha to‘plangan ballar umumlashtirilib, o‘rtacha arifmetik ball chiqariladi. “3” va undan yuqori baho olgan nomzodlar Davlat test markazi 5-iyulda o‘tkazadigan test sinovlarini topshirishga qo‘yiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют