» » Tojikiston va Qirg‘izistonda xizmat qiluvchi rossiyalik harbiylar “suriyacha” forma bilan ta’minlandi

Tojikiston va Qirg‘izistonda xizmat qiluvchi rossiyalik harbiylar “suriyacha” forma bilan ta’minlandi


Tojikiston va Qirg‘izistonda xizmat o‘tayotgan rossiyalik harbiylar birinchi bor Suriyadagi operatsiyalar vaqtida sinovdan o‘tkazilgan yangi harbiy forma bilan ta’minlandi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

“Tojikistondagi 201-harbiy baza hamda Qirg‘izistondagi Kant aviabazasining harbiylari issiq iqlim sharoitida kiyishga mo‘ljallangan formaning yangi namunalari bilan ta’minlandi. Ushbu komplektning asosiy funksiyasi — qulay va gigiyenik talablarga javob beradi. Formaga ishlatilgan mato yuqori havo o‘tkazuvchanlikka ega. Shuningdek, forma maskirovka uchun juda qulay — kiyimning barcha qismlari jigarrang rangda”, — deyiladi xabarda.

Yangi forma Suriyada terrorchilarga qarshi o‘tkazilgan operatsiyalar vaqtida sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan.

Okrug matbuot xizmatning ma’lum qilishicha, bu kabi forma bilan faqatgina yuqoridagi bazada xizmat qiluvchi bo‘linma askarlari ta’minlanadi, chunki ushbu respublikalarning iqlimi juda issiq.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют