» » O‘zbekiston tinchliksevar mamlakatlar reytingida 104-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston tinchliksevar mamlakatlar reytingida 104-o‘rinni egalladi


Tinchliksevar mamlakatlar reytingi — Global Peace Index’ning 2018-yilgi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 163 davlat orasida 104-o‘rinni egalladi. Tadqiqot natijalari Iqtisodiyot va tinchlik institutiga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Global tinchliksevarlik indeksini Avstraliya va AQSh ilmiy markazlarining xalqaro ekspertlar guruhidan iborat iqtisodchi va sotsiologlari ishlab chiqqan. Global Peace Index’ni ishlab chiqishda bir necha o‘nlab ko‘rsatkichlar e’tiborga olinadi (masalan, qurolli mojarolarda ishtirok etganligi, kuch tuzilmalari soni, amalga oshirilgan qotilliklar soni va h.k). Mamlakatning har bir asosiy ko‘rsatkichiga 1 dan 5 qiymatigacha baho qo‘yiladi.

O‘tgan yili O‘zbekiston ushbu reytingda 101-pog‘onani band etgan edi.

Belarus (101-o‘rin) va deyarli barcha Markaziy Osiyo mamlakatlari “o‘rtacha” baho olgan bo‘lsa, Qozog‘istonga (70-o‘rin) “yoqori” ball qo‘yilgan.

“Eng yuqori” baholar 13 ta mamlakatga qo‘yilgan: Islandiya, Yangi Zelandiya, Avstriya, Portugaliya, Daniya, Kanada, Chexiya, Singapur, Yaponiya, Irlandiya, Sloveniya, Shveysariya va Avstraliya.

“Eng past” baholar esa Nigeriya, Turkiya, Shimoliy Koreya, Pokiston va Sudan davlatlariga qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют