» » Yotoqxona interyerini bezatish bo‘yicha g‘oyalar

Yotoqxona interyerini bezatish bo‘yicha g‘oyalar


Yotoqxona qanday bo‘lishi kerak? Bir tomondan qulay va osoyishta, boshqa tomondan shinam va zamonaviy. Quyida yotoqxona interyerini bezatish bo‘yicha bir nechta aktual variantlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Skandinaviyaga xos oddiylik

Skandinaviyaga xos uslubni soddalik, materiallar tabiiyligi va issiq ranglar tufayli ma’qul ko‘rishadi. Bu variantda yotoqxonaning karavot bosh tomonidagi devori yog‘och panel bilan bezatiladi. Kontrast hosil qilish uchun xonaga yog‘och yoki to‘qilgan mebel joylashtiring. Uning rangi devor rangidan ochroq bo‘lishi lozim. Mebel uchun tabiiy materiallardan mato tanlang. Bunday yotoqxona xotirjam dam olish uchun juda mos keladi.

Qulay klassika

Yashil rangdagi mayin yotoqxona va katta shinam karavot zamonaviy romantiklar uchun mos keladi. Yonida vaqt o‘tkazish yoqimli bo‘lgan sun’iy kamin xonaga iliqlik bag‘ishlaydi.

Tabiiy daraxt

Daraxt yotoqxonaga iliqlik va shinamlik beradi. Shiftni to‘sinlar bilan original bezatish xonaga o‘ziga xoslik va yangilik kiritadi. Uni yog‘och panellar, aylana stol va stullar hamda javonlar bilan bezatish esa xonada yaxlitlik hosil qiladi. Mebel uchun mayda rasmli pastel rangdagi matolarni tanlashni tavsiya etamiz.

Qahva xushbo‘yligi

Achchiqqina qahvani xush ko‘ruvchilar qahva-qaymoq ranglarida ishlangan yotoqxonani munosib baholaydi. Bu uslubning nomlanishi o‘ziyoq yotoqxonaga iliqlik bag‘ishlaydi. Qahva rangli romga ega katta derazalar, yotoqxonani deyarli to‘liq egallagan karavot, ochiq rangdagi pardalar, to‘qilgan elementli bezaklar — bularning barchasi yangi kunni kutib olishga chorlaydi.

Zamonaviy minimalizm

Birorta ham ortiqcha buyum bo‘lmagan yotoqxona zamonaviy odamlarning haqiqiy orzusidir. Funksional shkaf-devor siz ko‘zga tashlanishini istamagan barcha mayda buyumlarni yashirishga qodir. Katta yumshoq karavot va original uslubdagi to‘sinlar interyerni yanada to‘ldiradi.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 00:29)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют