» » Xarajatlarsiz go‘zallikka erishish sirlari

Xarajatlarsiz go‘zallikka erishish sirlari


Odatda biror muammoga qarshi kurashish uchun birinchi imkoniyat paydo bo‘lishi bilan do‘kon yoki dorixonalardan maxsus vositalar xarid qilishga harakat qilamiz. Biroq bu muammolarga qarshi kurashishda faqat tayyor kosmetikalar ish berishini anglatmaydi.

Har bir xonadonda sochlar va teri go‘zalligi uchun ajoyib vosita hisoblanuvchi ko‘plab mahsulotlar mavjud. Quyida tashqi muammolarga qarshi kurashishda qimmatbaho vositalardan qolishmaydigan mahsulotlar haqida ma’lumot beramiz.

Sochlaringizni qalinlashtiring

Soch to‘kilishidan aziyat chekayotgan yoki bo‘yalgan, quruq sochlaringiz sog‘lig‘ini tiklamoqchi bo‘lsangiz, boshingizga massaj harakatlari bilan bir choy qoshiq chakamug‘ yog‘i suring. Uni 15 daqiqadan so‘ng yuvishingiz mumkin.

Yuz qizarishidan xalos bo‘ling

Yuz terisini uy sharoitida parvarish qilishni istasangiz suli yormasini qaynatib, xona haroratigacha sovishini kuting. Hosil bo‘lgan bo‘tqani yuzning muammoli qismlariga surib, qog‘oz salfetka bilan yopib qo‘ying. 5—10 daqiqadan so‘ng yuvish mumkin.

Qurigan lablar uchun

Jigar rang shakar, asal va zaytun yog‘ini teng nisbatda aralashtiring. Juda mazali va yumshatuvchi skrab tayyor!

Terini tetiklashtiruvchi vosita

Olma sirkasi toniklar o‘rnini bosa oladi. U terini juda yaxshi tozalab, undagi husnbuzarlarni quritadi. Teri juda quruq bo‘lib qolmasligi uchun sirkaga biroz asal va lavanda efir moyidan qo‘shing. Mazkur tonikni sovitkichda bir haftagacha saqlash mumkin.

Silliq soch turmagi uchun

Kalta sochlar doim turmakdan chiqib ketib, tashqi ko‘rinishingizni buzsa, oddiy kremdan foydalanishni tavsiya etamiz. Barmoqlaringizga odatiy kremdan surib, ularni soch yuzasi bo‘ylab yuriting. Ideal soch turmagi tayyor!

Quyosh urishi davosi

Yog‘li teri uchun qo‘shimchalarsiz yogurt, quruq teri uchun esa yog‘liligi 20 foiz bo‘lgan smetanadan foydalanilsa, yarim soatdan so‘ng quyosh urishining hech qanday izi qolmaydi. Asosiysi niqobni tezroq qo‘llash kerak bo‘ladi.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 05:59)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют