» » Shavkat Mirziyoyev ShHT Davlat rahbarlari kengashining Sindao shahrida o‘tadigan 18-majlisida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev ShHT Davlat rahbarlari kengashining Sindao shahrida o‘tadigan 18-majlisida ishtirok etadi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 8—10-iyun kunlari Xitoyda bo‘lib, Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Sindao shahrida o‘tadigan o‘n sakkizinchi majlisida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari ilk bor Hindiston va Pokistonning to‘la huquqli a’zo sifatidagi ishtirokida yig‘iladi, tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari, mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni faollashtirish masalalari hamda ko‘p tomonlama kooperatsiyaning boshqa jihatlarini muhokama qiladi.

Davlat rahbarlarining majlisi yakunida Sindao deklaratsiyasi qabul qilinishi, Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2019—2021-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi, Uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha 2018—2022-yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasi, Yoshlarga qo‘shma murojaat va boshqa hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Fikr almashuvlardan so‘ng 2018—2019-yillarda tashkilotga raislik qiladigan davlat to‘g‘risida qaror qabul qilish, keyingi uch yillik davrga ShHT bosh kotibi va Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori lavozimlariga nomzodlarni tasdiqlash ko‘zda tutilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti ShHT sammiti doirasida ikki tomonlama qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют