» » Toshkent viloyatida nogiron erkak birga aroq ichgandan so‘ng ulfatini pichoqladi

Toshkent viloyatida nogiron erkak birga aroq ichgandan so‘ng ulfatini pichoqladi


Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida ikki ulfat o‘rtasidagi mojaro ulardan birining o‘limi bilan yakunlandi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

5-iyun kuni soat 10:00 larda Quyichirchiq tuman IIB Navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni tungi soat 00:10 da tumandagi “Mingo‘rik” MFYda yashovchi 1-guruh nogironi G.X. tanishi A.A. bilan aroq ichgan.

U mast holatda A.A.dan uyiga ketishini so‘ragan, biroq A.A. bundan bosh tortgani bois pichoq bilan uning o‘ng soniga zarba bergan. Buning oqibatida A.A. bir qancha vaqt o‘tib, hodisa joyda vafot etgan.

Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasida A.A.ning o‘limi son qismida sanchilgan-kesilgan jarohat qon tomiri shikasti oqibatidagi o‘tkir qon yo‘qotishidan kelib chiqqanligi ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan 5-iyun kuni Toshkent viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют