» » “Buxoro” xalqaro aeroporti “MDH mamlakatlaridagi eng yaxshi aeroport” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi

“Buxoro” xalqaro aeroporti “MDH mamlakatlaridagi eng yaxshi aeroport” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi


Moskva shahrida Xalqaro fuqaro aviatsiyasining “Aeroport” assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan tanlovning “MDH mamlakatlaridagi eng yaxshi aeroport” nominatsiyasida 2017-yil natijalariga ko‘ra “Buxoro” xalqaro aeroporti g‘olib bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“Buxoro” xalqaro aeroporti MDH mamlakatlaridagi 100 mingdan 500 mingacha yo‘lovchi tashuvchi havo bandargohlari o‘rtasida yuqori natijalari uchun maxsus kubok va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Sovrindor aeroport tomonidan 2017-yilda xalqaro va ichki yo‘nalishlarda 190 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilgan. Yuk, pochta va pulli bagaj tashish salmog‘i avvalgi yilgiga nisbatan oshdi. Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilandi.

“Buxoro” xalqaro aeroportiga 2016-yilda berilgan Xalqaro ISO 9001:2015 sertifikati aerokorxona faoliyatining yuqori sifat darajasini tasdiqlaydi.

“Havo bandargohimizning moddiy-texnik bazasi yildan-yilga mustahkamlanmoqda, — deydi “Buxoro” xalqaro aeroporti mas’ul xodimi Sayfiddin Badriddinov. — Soatiga 400 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadigan terminalda parvozga chog‘lanayotgan va viloyatimizga kelayotgan yo‘lovchilar uchun barcha sharoit mavjud”.

“Buxoro” xalqaro aeroporti “Yilning eng yaxshi aeroporti” nominatsiyasi bosh sovriniga beshinchi bor sazovor bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют