» » Foydalanuvchilar bergan baholar bo‘yicha eng yaxshi smartfonlar reytingi tuzildi

Foydalanuvchilar bergan baholar bo‘yicha eng yaxshi smartfonlar reytingi tuzildi


Eng ko‘p ijobiy baholarga ega bo‘lgan smartfonlar ro‘yxatini AnTuTu benchmark ishlab chiquvchilari tuzdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Ushbu reyting yuksak darajadagi unumdorlik muvaffaqiyat garovi emasligini ko‘rsatib berdi.

Reytingda romsiz Xiaomi Mi Mix smartfoni yetakchilik qildi. U ijobiy fikrlarning 94,4 foizini to‘pladi. Ikkinchi o‘rinda 89,93 foiz natija bilan OnePlus 3, uchinchi o‘rinda uning yangilangan versiyasi OnePlus 3T (86,23%) joylashdi.

4—10-o‘rinlarni Xitoy brendlarining smartfonlari navbatma-navbat egalladi, bular — Meizu Pro 6 Plus, Huawei Mate 9, Vivo XPlay 6, Xiaomi Redmi Note 3, 360 Q5 Plus, Meizu Pro 6s va 360 N4S.

AnTuTu — asosan Xitoy smartfonlari sinovdan o‘tkaziladigan benchmark. Ammo unumdorlik sinovlarida Samsung, Apple va Xitoyniki bo‘lmagan boshqa kompaniyalar mahsulotlari reytinglarning yuqori pog‘onalarini zabt etgan edi.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют