» » Norvegiya maktab va OTMlarida yuzni yopuvchi bosh kiyimlar taqiqlandi

Norvegiya maktab va OTMlarida yuzni yopuvchi bosh kiyimlar taqiqlandi


Norvegiya parlamentariylari 5-iyun kuni maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar va oliy ta’lim muassasalarida yuzni yopib turuvchi bosh kiyim kiyishga milliy taqiq uchun ovoz berdi. Bu haqda Norvegiya ta’lim vazirligi xabarida ma’lum qilindi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Storting (Norvegiya parlamenti) hukumatning maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar va OTMlarda, shuningdek, mamlakatga kelgan immigrantlarga o‘quv mashg‘ulotlari davomida yuzni yopib turuvchi bosh kiyim kiyish borasidagi milliy taqiq to‘g‘risidagi taklifini qabul qildi”, — deyiladi matbuot uchun xabarda.

Taqiq joriy yilning avgust oyidan kuchga kirishi va u talabalar, o‘quvchilar va o‘qituvchilarga taalluqli ekanligiga aniqlik kiritiladi. U sinf xonalaridagi bevosita mashg‘ulotlar bilan bog‘liq bo‘lmagan tanaffuslar yoki boshqa vaziyatlarga daxl qilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют