» » SpaceX raketalarni oyiga ikki marta uchirishga va’da berdi

SpaceX raketalarni oyiga ikki marta uchirishga va’da berdi


SpaceX kompaniyasi prezidenti Gvinn Shotvell kompaniyaning raketalarni har ikki—uch haftada uchirish niyati haqida ma’lum qildi, deb yozadi Newsmax.

Ushbu rejaga Florida shtatidagi Kanaveral burnidan janubda joylashgan, NASAga tegishli Kennedi kosmik markazidagi yangi start maydonchasi foydalanishga topshirilgach, amal qilinishi taxmin etilmoqda. Bu esa kelasi haftadayoq amalga oshadi. Uning qurilishi taxminan 100 million dollarga tushdi.

Shotvell, shuningdek, ayni paytda kompaniya raketalarning unumdorligi va xavfsizligini oshirish uchun ularning dvigatellarini, shuningdek, turbonasoslarini modernizatsiya qilish ishlarini olib borayotganini aytdi. Ularning hozirda mavjud bo‘lgan varianti mayda yoriqlar bilan qoplanmoqda, shu tufayli kompaniya NASA va davlat mansabdorlari tomonidan ko‘p bora tanqid ostiga olingan edi.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют