» » Rossiyalik konstruktor garov o‘ynab, yerda, havoda va suvda harakatlanadigan mashinani yaratdi (video)

Rossiyalik konstruktor garov o‘ynab, yerda, havoda va suvda harakatlanadigan mashinani yaratdi (video)


Rossiyalik konstruktor va blogerning tortishuvi quruqlikda, suvda va havoda harakatlana oladigan transport vositasining yaratilishi bilan yakunlandi, deb yozadi “RIA Novosti”. Aviakonstruktor Aleksandr Begak “Begalyot HYPE” nomli qurilmani taqdim etdi.

Begakning aytib berishicha, bunday transportni yaratish g‘oyasi rossiyalik blogerlardan biri bilan internet orqali yozishmalar chog‘ida paydo bo‘lgan.

“Taniqli bloger bilan garov o‘ynab, bir oy ichida dunyoda o‘xshashi yo‘q, yerda, suvda va havoda yura oladigan transport yasab, uni Rossiya janubidan Moskvagacha bo‘lgan sinov ekspeditsiyasida namoyish qilishimni aytgan edim”, — dedi konstruktor.

Begak o‘z qurilmasini sinashga kirishdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mashina noyob. U bir marta to‘liq olgan quvvati bilan 300 km masofani bosib o‘tadi, yerda soatiga 120 km, havoda 70 km, suvda — 30 km tezlikka erisha oladi.

Qurilma 114 kilogramm bo‘lib, 320 kilogrammlik yuk bilan havoga ko‘tarila oladi.

Konstruktorning aytishicha, qurilmani mudofaa vazirligi, maxsus topshiriqli bo‘linmalar, favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatida, qutqaruv ishlari, joylarni monitoring qilishda, shuningdek, sport va faol hordiqda qo‘llash mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2018, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют