» » O‘zbekistonda Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan Coca-Cola sotilmoqda

O‘zbekistonda Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan Coca-Cola sotilmoqda


Bugungi kunda O‘zbekistonga katta miqdorda Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan Coca-Cola hamda Pokistonning shakar mahsulotlari kirib kelmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Afg‘on Coca-Cola ichimligini hozirda Surxondaryo viloyatining bozor va supermarketlarida uchratish mumkin. Pokistondan Afg‘oniston orqali O‘zbekistonga olib kelinayotgan shakar mahsuloti esa bir qancha viloyatlar va Toshkent shahriga ham yetkazilmoqda.

Afg‘onistonga Turkmaniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan yetkazilayotgan mahsulotlar O‘zbekistondan tranzit yo‘li orqali o‘tmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili mazkur temir yo‘l orqali 2 million, avtomobil yo‘llari bilan esa 1 million tonnaga yaqin yuk olib o‘tilgan.

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi tovar ayriboshlash miqdori 2017-yilda 617 million dollarni tashkil etdi. 2018-yilning 4 oyida esa 230 million dollardan iborat bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2018, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют