» » O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha reytingda yuqoriladi

O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha reytingda yuqoriladi


Irlandiyaning Ookla kompaniyasining Speedtest.net internet-servisi har oygi Speedtest Global Index reytingini e’lon qildi, deb yozadi Spot. Unda 2018-yilning may oyi yakunlariga ko‘ra dunyodagi simli va simsiz internet tezligi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.

Mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston reytingda ikki pog‘ona yuqorilab, 125 ta o‘rindan 113-o‘rinni egalladi (8,91 Mbit/soniya).

Simli internet tezligi bo‘yicha mamlakat o‘z joyida — 135 tadan 128-o‘rinda qoldi, ammo tezlik 6,78 Mbit/soniyadan 6,82 Mbit/soniyagacha oshdi.

Mobil internet tezligi bo‘yicha reytingda Norvegiya (62,70 Mbit/soniya) yetakchilik qildi, simli internet tezligi bo‘yicha esa Singapur birinchi o‘rinda qoldi (170,99 Mbit/soniya).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют