» » Samarqandda 5384 nafar yuridik shaxsdan 153 milliard so‘m soliq qarzdorligi majburan undirildi

Samarqandda 5384 nafar yuridik shaxsdan 153 milliard so‘m soliq qarzdorligi majburan undirildi


O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Davlat Soliq Qo‘mitasining 2017-yil 7-iyulda tasdiqlangan sud hujjatlariga asosan soliq qarzini undirish borasidagi “Qo‘shma ko‘rsatma”si hamda 2017-yil 10-iyulda tasdiqlangan “Chora-tadbirlar dasturi”ga ko‘ra Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi viloyat Davlat soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda qator ishlarni amalga oshirmoqda, deb xabar bermoqda O‘zA.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davr mobaynida 5,384 ta yuridik shaxsdan 153 milliard so‘m soliq qarzdorligi undirilishi ta’minlandi, shundan 2,778 ta yuridik shaxsning banklarda mavjud bo‘lgan barcha hisob varaqlaridan 68 milliard 468,7 million so‘m pul mablag‘lari majburiy tartibda undirilib, soliq qarzdorligi hisobiga yo‘naltirildi.

271 ta yuridik shaxs tugatilganligi aniqlanib, 7 milliard 417,8 million so‘m soliq qarzini majburiy tartibda undirish tugatish komissiyalari zimmasiga yuklatildi.

23,257 ta jismoniy shaxsning mol-mulk va yer solig‘idan mavjud 8 milliard 986,9 million so‘mlik qarzlari majburiy tartibda undirish choralari ko‘rildi.

Xatlangan mol-mulklardan jami 37 milliard so‘mlik mol-mulklarni “E-auksion” elektron savdolari orqali savdosi tashkil etish uchun chiqarildi.

MIB va DSB hamkorlikda soliq qarzlarini qarzdor yuridik shaxslar va jismoniy shaxslardan majburiy tartibda undirish borasida tadbirlar davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz Xorazmda 193 ta qarzdorning 7,9 milliard so‘mlik mol-mulkini soliq qarzi hisobiga xatlovga olingani haqida ma’lumot berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют