» » Iyul oyidan boshlab MasterCard, Visa, UnionPay va “Mir” to‘lov tizimlari O‘zbekistonning barcha nuqtalarida qabul qilinadi

Iyul oyidan boshlab MasterCard, Visa, UnionPay va “Mir” to‘lov tizimlari O‘zbekistonning barcha nuqtalarida qabul qilinadi


Mamlakatdagi 250 mingta terminallarning 95 foizi China UnionPay’ni, 45 foizi (112 ming) — MasterCard’ni qabul qilmoqda. Bir necha kun ichida qurilmalar Visa va “Mir” kartalarini ham qabul qilishni boshlaydi. Bu haqda Yagona umumrespublika protsessing markazi direktori Axror Mahmudov ma’lum qildi, deb xabar beradi Spot.

Avvaliga odamlarning fikrini o‘zgartirish oson bo‘lmaydi. Biz bank kartalarini boshqarish madaniyatini yaratish zarurligi haqida bir necha bor ta’kidlaganmiz. Merchantlar, yani sotuvchi va xizmat ko‘rsatuvchilar odamlardan pin-kodni so‘ramasliklari lozim. Xorijda o‘z parolingizni tanimagan odamingizga aytish odobsizlik va tartibsizlik hisoblanadi. Shuning uchun chet elda karta egasining o‘zi kodni terminalga mustaqil kiritadi. O‘zbekistonga kelgan turistlardan sotuvchilar pin-kodni so‘raganida ular qanchalik hayratga tushishini tasavvur qilib ko‘ring endi. Umid qilamanki, bir-ikki oydan keyin faqatgina UzCard kartalarini qabul qilgan terminallar tarixga aylanadi.

Axror Mahmudov, Yagona umumrespublika protsessing markazi direktori

To‘rt turdagi to‘lov tizimlarini iyuldan mamlakatning barcha nuqtalarida qabul qilish boshlanadi. Yagona umumrespublika protsessing markazi barcha terminallar parkini bitta xalqaro tizimga mo‘ljallab s‘zlab chiqsa, qolganlarini bir necha kun ichida avtomatik yangilash funksiyasi yordamida ulash mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari UzCard tizimida ishlovchi bankomatlar UnionPay va MasterCard’ni qabul qilishni boshladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют