» » Sankt-Peterburgdagi ko‘rgazmada O‘zbekistondan topilgan Budda haykali namoyish etildi

Sankt-Peterburgdagi ko‘rgazmada O‘zbekistondan topilgan Budda haykali namoyish etildi


Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Din tarixi davlat muzeyida “O‘zbekiston – madaniyatlar chorrahasida” nomli ko‘rgazma tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ko‘rgazma “O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va madaniyatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” Ikkinchi xalqaro kongressi doirasida tashkil qilingan.

Muzey xodimlarining ta’kidlashicha, o‘tgan asrning 60-yillarida Surxondaryo viloyatidan topilgan Budda haykalchasining bosh qismi eng nodir eksponatlaridan biridir. Ko‘rgazmada O‘zbekistondan keltirilgan Qur’oni Karim nusxalari, joynamozlar, tahorat olish uchun ishlatiladigan obdastalar namoyish etildi.

Shuningdek, Samarqanddan keltirilgan, yahudiy kelin-kuyov o‘rtasida ikki asr muqaddam tuzilgan nikoh shartnomasi ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar e’tiboriga havola qilindi.

Noyob eksponatlardan yana biri — Buxoro amiri Said Abdulahadxonga tegishli zardo‘zi chopon. Uning Rossiyaga qanday kelib qolgani haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Muzey fondiga O‘zbekiston hududidan topilgan “Katta Langar Qur’oni”ning faksimile (fotografik yoki bosma usul bilan aynan aks ettirish) nusxasi, “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” turkumidagi kitoblar sovg‘a qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют