» » NASA ekstremal sharoitlarda ishlaydigan o‘ta chidamli kompyuterni yaratdi

NASA ekstremal sharoitlarda ishlaydigan o‘ta chidamli kompyuterni yaratdi


NASA tadqiqotchilari Venera yuzasida baland harorat va atmosfera bosimini ko‘tara oladigan elektron-hisoblash qurilmasini ishlab chiqdi. Muhandislar u Yerga eng yaqin sayyoraga 2023-yilda jo‘natiladigan roverda qo‘llanilishini taxmin etmoqda, deb yozadi Gizmodo.

Venera yuzasidagi harorat Selsiy bo‘yicha qariyb 500 darajaga teng. Bundan tashqari, atmosfera zichligi suv zichligidan atigi 15 marta kamroq, xolos. Bularning barchasi astronavtlarning Veneraga tashrifiga to‘sqinlik qilishi bilan birga, uchuvchisiz tadqiqot qurilmalari ishiga ham xalal beradi, ular bunday og‘ir sharoitlarda ikki soatdan uzoqroqqa chidab bera olmagan.

NASA olimlari tayyorlagan kompyuter chipi kremniydan emas, kremniyning uglerod bilan birikmasidan tashkil topgan. Yangi material yuqori haroratda metallarning yarim o‘tkazuvchanlik xususiyatlarini saqlash imkonini beradi. Oddiy kremniydan yasalgan chip bunday xususiyatlarini yo‘qotadi, natijada tranzistorlar ishlamay qo‘yadi. Bundan tashqari, tadqiqotchilar sxema komponentlarini birlashtirish uchun tantal silitsididan foydalandi.

Chip Veneradagi sharoitlarni takrorlovchi simulyatorda sinab ko‘rildi. Sxema 21 kundan ortiqroq vaqt davomida ishlay oldi.

Olimlar ta’kidlashicha, ularning chipi hozircha faqat 24 ta tranzistordan iborat, bu qurilmani boshqarish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy kompyuter uchun juda kam hisoblanadi. Bundan tashqari, baland harorat va bosimga chidamli bo‘lgan roverning konstruksiyasini ham o‘ylab topish kerak.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют