» » Sud Stokgolmda terakt sodir etgan o‘zbekistonlik Rahmat Oqilovga nisbatan hukmni bugun e’lon qiladi

Sud Stokgolmda terakt sodir etgan o‘zbekistonlik Rahmat Oqilovga nisbatan hukmni bugun e’lon qiladi


2017-yilning aprelida Stokgolmda terakt sodir etgan O‘zbekiston fuqarosi Rahmat Oqilovga nisbatan sud hukmi bugun, 7-iyun kuni o‘qiladi. Bu haqda Stokgolm sudiga asoslanib, Sputnik xabar berdi.

Sud eshituvi 13-fevraldan 2-mayga qadar bo‘lib o‘tdi.

Qoralovchi tomon Oqilovga bir umrlik qamoq jazosini tayinlashni, muddat o‘tab bo‘linganidan so‘ng, ayblanuvchini Shvetsiyaga bir umrga kiritmaslik sharti bilan mamlakatdan chiqarib yuborish lozimligini so‘ragan.

Shvetsiyada bir umrga ozodlikdan mahrum qilish jazosi kamida 18 yil bo‘lib, ushbu muddat tugaganidan so‘ng, mahkum suddan jazoni o‘zgartirish yoki qamoq muddatini kamaytirishni so‘rashi mumkin.

“Mazkur holat terakt yoki alohida sodir etilgan jinoyat sifatida baholanishidan qat’iy nazar jinoyatchi umrbod qamoq jazosiga mahkum etiladi”, — deydi ayblanuvchining advokati Yoxan Eriksson.

Mavzuga doir: Stokgolmda terakt uyushtirishda ayblanayotgan o‘zbekistonlik Rahmat Oqilov sudda iqrorlik ko‘rsatmasini berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют