» » Wikipedia The Daily Mail’ni ishonchsiz manba deb topdi

Wikipedia The Daily Mail’ni ishonchsiz manba deb topdi


Wikipedia muharrirlari Britaniyaning The Daily Mail gazetasini “asosan ishonib bo‘lmaydigan manba” deb e’tirof etishni yoqlab ovoz berdi, deb yozadi Meduza. Qarorga ko‘ra, boshqa hech qanday manba bo‘lmagan kamdan-kam hollardagina gazetadan manba sifatida foydalanish mumkin.

The Daily Mail’ni potensial shubhali manbalar ro‘yxatiga kiritish masalasi Wikipedia ishtirokchilari tomonidan 2015-yildan buyon muhokama qilib kelinmoqda. Nashr tanqidchilari ta’kidlashicha, uning ma’lumotlariga tayanib bo‘lmaydi, gazetaning tarafkashlari esa The Daily Mail maqolalarida ishonchsiz ma’lumotlar uchrasa-da, ba’zan uning jurnalistlari ishonchli axborotni boshqalardan ertaroq qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishini qayd etdi.

Wikipedia The Sun, Daily Mirror, The Daily Express va endi The Daily Mail kabi tabloidlarni potensial ishonchsiz axborot manbalari ro‘yxatiga kiritgan. Tabloidlardan tashqari, ushbu ro‘yxatda Russia Today, Sputnik News, Eronning Press TV va Xitoyning “Sinxua” agentliklari bor.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют