» » Afg‘oniston hukumati Hayit bayrami sabab “Tolibon” harakati bilan sulh tuzdi

Afg‘oniston hukumati Hayit bayrami sabab “Tolibon” harakati bilan sulh tuzdi


Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani 7-iyun, payshanba kuni “Tolibon” harakati bilan sulh tuzish va vaqtincha o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etilishini e’lon qildi, deb xabar beradi “TASS”.

“Men mamlakatning barcha xavfsizlik va mudofaa kuchlariga vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish rejimi vaqtida ‘Tolibon’ harakati a’zolariga nisbatan operatsiyalar o‘tkazmaslikni topshiraman”, — deb yozadi Ashraf G‘ani o‘zining Twitter’dagi sahifasiga.

Tolo News telekanalining ma’lumotlariga ko‘ra, sulh Ramazon oyi hamda Hayit bayrami munosabati bilan amalga oshirilmoqda. Hayit bayrami 12-iyun, seshanbadan 19-iyunga qadar davom etadi.

“Afg‘oniston hukumati Ramazon oyining 27-kunidan boshlab (12-iyun) Hayitning beshinchi kuniga qadar (19-iyun) o‘t ochishni to‘xtatish rejimi boshlanganini ma’lum qiladi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют