» » Stokgolmda terakt sodir etgan Rahmat Oqilov umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi

Stokgolmda terakt sodir etgan Rahmat Oqilov umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi


Shvetsiya sudi 2017-yilning aprelida Stokgolmda terakt sodir etgan O‘zbekiston fuqarosi Rahmat Oqilovni umrbod qamoq jazosiga mahkum etdi, deb xabar beradi Meduza.

U terrorchilikda, besh kishini o‘ldirishda va 119 epizodda qotillik sodir etish borasida aybdor deb topildi.

Shvetsiyada bir umrga ozodlikdan mahrum qilish jazosi kamida 18 yil bo‘lib, ushbu muddat tugaganidan so‘ng, mahkum suddan jazoni o‘zgartirish yoki qamoq muddatini kamaytirishni so‘rashi mumkin. Jazo muddati tugagach, Oqilov mamlakatdan chiqarib yuboriladi.

Huquq-tartibot xodimlari Oqilovni 2017-yil 7-aprelda, olib qochilgan yuk avtomobilida piyodalarga bostirib borganidan bir necha soat o‘tib qo‘lga olgandi. Mazkur hujum oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 14 kishi jarohatlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2018, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют