» » O‘zbekiston Rossiyaning Sharq qo‘lyozmalari institutiga “Katta Langar Qur’oni”ning nusxalarini sovg‘a qildi

O‘zbekiston Rossiyaning Sharq qo‘lyozmalari institutiga “Katta Langar Qur’oni”ning nusxalarini sovg‘a qildi


Sankt-Peterburgdagi Sharq qo‘lyozmalari institutida “Sharq kitobat san’atining nodir durdonalari” nomli ko‘rgazma tashkil etildi, deb yozmoqda O‘zA.

Ko‘rgazma “O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” Ikkinchi xalqaro kongressi doirasida tashkil qilingan.

Sharq qo‘lyozmalari institutida O‘zbekistondan keltirilgan yoki o‘zbek xalqiga taalluqli o‘nlab qo‘lyozmalar saqlanadi. Ulardan biri milodiy VIII asrda arab alifbosining ko‘fiy-hijoziy xatida ko‘chirilgan Qur’oni Karim nusxasidir. Qo‘lyozmaning bir nechta sahifasi Qashqadaryo viloyati, Toshkent va Buxoro shaharlarida saqlanmoqda. Qolgan sahifalar qayerda ekani noma’lumligicha qolmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kitob bir paytlar Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidagi Katta Langar qishlog‘ida, tasavvufdagi Ishqiya tariqati shayxlari xonaqohida saqlangan. Shu bois qo‘lyozma ilmiy jamoatchilik orasida “Katta Langar Qur’oni” nomini olgan. Kitobning katta qismi – 81 sahifasi qanday qilib Rossiyaga borib qolgani haqida turli taxminlar mavjud. U Sharq qo‘lyozmalari institutiga o‘tgan asrning 30-yillari oxirida keltirilgan.

Ilmiy izlanishlar natijasida O‘zbekiston va Rossiyada saqlanayotgan sahifalar aynan bitta qo‘lyozmaning tarkibiy qismlari ekani, ular chindan ham bundan 13 asr muqaddam ko‘chirilgani aniqlangan. Mutaxassislarning fikricha, u Qur’oni Karimning islom olamidagi eng qadimiy nusxalaridan biri hisoblanadi.

2017-yilda “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” loyihasi doirasida Yevropa texnologiyalari asosida “Katta Langar Qur’oni”ning faksimile nusxalari yaratilgan. Nusxalardan bir nechtasi ko‘rgazma doirasida Sankt-Peterburg shahriga keltirildi. Ulardan biri qo‘lyozmaning asl nusxasi saqlanayotgan Sharq qo‘lyozmalari institutiga sovg‘a qilindi.

Shuningdek, ko‘rgazmada “Katta Langar Qur’oni”ning asl nusxasi sahifalari, Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, Alisher Navoiyning “Kulliyot”, “Lison ut-tayr”, “Vaqfiya” singari asarlari, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qon kabi shaharlarda yaratilgan kitobat san’atining namunalari namoyish etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2018, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 92) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют