» » Qorindagi og‘irlikdan xalos etuvchi oziq-ovqat mahsulotlari

Qorindagi og‘irlikdan xalos etuvchi oziq-ovqat mahsulotlari


Inson organizmi juda murakkab tuzilishga ega. Ovqat hazm qilish organlari tizimi faoliyati to‘g‘risida-ku aytib o‘tirmasa ham bo‘ladi: hatto to‘g‘ri ovqatlangandan keyin ham ko‘pincha qorinda og‘irlik seziladi.

Biz sizga qorinda yoqimsiz og‘irlik sezilgan holatlarda yordam beruvchi oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatini havola qilamiz.

Yogurt

Yogurtlar ichaklar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi va qorin damlashining oldini oluvchi foydali bakteriyalarga juda boy. Bundan tashqari ular hazm qilishga va modda almashinuvini tezlashtirishga yordam beradi.

Qatiq

Uy sharoitida qorin dam bo‘lishidan tez qutulishning eng oddiy usuli — bir piyola qatiq ichish. U qorin dam bo‘lishiga sabab bo‘luvchi zararli bakteriyalar ko‘payishining oldini oladi.

Banan

Banan tarkibidagi kaliy moddasi qorin damlashini yo‘qotadi va undagi og‘irlikdan xalos etadi.

Bundan tashqari, bananlarning eti organizmda yetishmagan dag‘al tolalar o‘rnini to‘ldirishga yordam beradi.

Zanjabil (Imbir)

Sog‘liq uchun benihoya foydali hisoblanuvchi zanjabil bakteriyaga qarshi kurashish xususiyatiga ega bo‘lgani uchun ichaklardagi yallig‘lanishning oldini olishga yordam beradi. Zanjabil ildizi tarkibidagi hazm qiluvchi fermentlar oqsillarni faol parchalaydi, metabolizmni tezlashtiradi va damlash muammosini bartaraf qiladi.

Limon sharbati

Hazm qilish faoliyatini yaxshilash uchun ertalab limon sharbati solingan iliq suv ichish tavsiya qilinadi. Limon sharbati damlashni keltirib chiqaruvchi hayvon va sut oqsillarini faol ravishda parchalash xususiyatiga ega.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 09:29)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют