» » Farg‘onada Yoshlar ittifoqi bosqinchilik qilgan 4 nafar jinoyatchini kafillikka oldi

Farg‘onada Yoshlar ittifoqi bosqinchilik qilgan 4 nafar jinoyatchini kafillikka oldi


Yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati kengashi kafilligi ostida bilib-bilmay jinoyat ko‘chasiga kirib qolgan 4 nafar yigit ozod qilindi. Bu haqda “Daryo”ning Farg‘onadagi muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Endigina 24 yoshga to‘lgan Telmon Tolibov Uchko‘prik tumanidan. U hamqishloqlari I.Tursunov, J.Inomjonov hamda A.Toshpo‘latov bilan birga jinoiy til biriktirib, bosqinchilik jinoyatini sodir etgan. Ayblanuvchilarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik)  3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Uchko‘prik tumanida o‘tkazilgan sayyor sud majlisida Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudi tomonidan mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sud jarayonida jamoat himoyachisi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Ahadjon Akbarov tomonidan sudlanuvchilarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlash, kelgusida ushbu fuqarolarni kafillikka olish taklifi bildirildi va bu haqda kafolat xati taqdim qilindi.

Sud ayblanuvchilarning muqaddam sudlanmagani, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, jabrlanuvchi tomonning da’vosi yo‘qligini inobatga olib, ularga nisbatan qo‘llanilgan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazoni bekor qildi va sudlanuvchilar Yoshlar ittifoqi kafilligi ostida sud zalidan ozod etildi.

Sud tomonidan ayblanuvchilarga 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2018, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют