» » Sanjar Tursunov jamoasi Yulduzlar ligasida Abduxoliqov va Shoahmedov top suradigan As-Sayliyani maglub etdi

Sanjar Tursunov jamoasi Yulduzlar ligasida Abduxoliqov va Shoahmedov top suradigan As-Sayliyani maglub etdi


Futbol boyicha Qatar Yulduzlar ligasining 20-turida ozbekistonlik futbolchilar top surayotgan ikki klub ozaro toqnash keldi.

Mavsumning ikkinchi davrasi oldidan Sanjar Tursunovni safga qoshib olgan As-Sayliya klubi oz maydonida Sanjar Shoahmedov hamda Temurxoja Abduxoliqov top suradigan As-Sayliyani qabul qildi hamda 2:1 hisobida zafar quchdi. Bellashuvni ozbekistonlik futbolchilarning hammasi boshlangich tarkibda otkazdi. Shoahmedov 60-daqiqada oz ornini sherigiga boshatib berdi, Tursunov va Abduxoliqov toliq harakat qildi.

Mazkur galaba Al-Haraytiyatning turnir jadvalidagi orniga jiddiy tasir korsatmadi. Ayni paytda jamoa 19 ochko bilan 11-orindan joy olgan. Tursunov va jamoadoshlari bunga qadar ketma-ket 4 ta oyinda zafar quchishning uddasidan chiqa olmagandi.

Mazkur jamoadan 1 ochko koproq toplagan As-Sayliya 9-orinni egallab turibdi. Ozbekistonlik futbolchilar tashrifidan keyin klub 4 ta uchrashuvda ishtirok etib, shularning 1 tasida Abduxoliqovning goli sabab zafar quchdi va 2 tasida durang oynadi. Duranglarning birida Shoahmedov Sardor Rashidov oynaydigan Al-Jaish darvozasiga gol urishga erishdi.

Qatar Yulduzlar ligasi
20-tur
9-fevral, payshanba

Gollar: Dragos Grigore, 17 (0:1). Mahmud Saad, 31 (1:1). Muhammad Abdulloh, 49 (2:1).

Malumot uchun, Sardor Rashidovning Al-Jaish klubi 20-turni ertaga 11-fevral kuni Ash-Shahaniyaga qarshi safarda otkazadi. Raqib Yulduzlar ligasi turnir jadvalida 12-orinni egallab turibdi.

Osiyo Chempionlar ligasining 2016-yilgi mavsumid yarim finalga qadar yetib borgan Al-Jaish 7-fevral kuni Bunyodkordan yengilib, guruh bosqichida ishtirok etish imkoniyatini yoqqa chiqargandi.

Bunyodkorni navbatdagi bosqich chiptasi bilan tabriklayman. Hujumlarni gol bilan yakunlay olmaganimiz kasriga maglub boldik.

Hozir Al-Jaishda pasayish kuzatilmoqda. Otgan yilgi jamoani yoqotib qoygandekmiz. Shuning uchun ichki chempionatda ham omadimiz chopmayapti. Fojea yasashdan esa mani yoq, hammasi oldinda.

Alam qilgan tomoni biz otgan yil yarim finalga qadar yetib borgandik. Endi esa guruh bosqichiga ham chiqa olmadik. Penaltilar seriyasiga tayyorgarlik korgan bolsak-da, omad kelmadi. Afsuski ozim ham gol ura olmadim.

Sardor Rashidov, Al-Jaish azosi

: admin (10-02-2017, 09:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -