» » Putin Uchinchi jahon urushi ehtimolini baholadi

Putin Uchinchi jahon urushi ehtimolini baholadi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin jonli muloqot chog‘ida Uchinchi jahon urushi yuzaga kelishi ehtimoliga baho berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qildi.

“Uchinchi jahon urushi insoniyat sivilizatsiyasining yakuni bo‘lishi haqidagi tushuncha bizni jahon arenasidagi favqulodda va qaltis harakatlardan tiyib turishi kerak”, — degan Vladimir Putin o‘z so‘zida.

Shuningdek, u Ikkinchi jahon urushidan keyin global nizolar bo‘lmaganini, chunki yetakchi mamlakatlar o‘rtasida strategik tenglik o‘rnatilganini ta’kidlagan.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, bir-birini yo‘q qilib yuborish xavfi doimo yetakchi kuchlarni keskin harakatlardan tiyib turgan va bir-birini hurmat qilishga majbur qilgan.

Keng qamrovli harbiy harakatlarga izoh bera turib, Putin fizik olim Albert Eynshteynning “uchinchi jahon urushi qanday bo‘lishini bilmaymanu, biroq to‘rtinchi jahon urushi tayoq va toshlar bilan amalga oshirilishini bilaman”, — degan iqtibosini keltirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют