» » Yangi Zelandiyada 400 dan ortiq kit o‘zini qirg‘oqqa tashladi

Yangi Zelandiyada 400 dan ortiq kit o‘zini qirg‘oqqa tashladi


Yangi Zelandiyada 400 dan ortiq kit o‘zini Janubiy orol qirg‘og‘iga tashladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. 

The New Zealand Herald nashriga ko‘ra, hodisa oqibatida 300 ga yaqin kit halok bo‘ldi. Voqea joyiga kelgan qutqaruvchilar va mahalliy aholi jonivorlarni asrab qolishga urindi. Ularning harakati bilan 100 dan oshiq kit dengizga qaytarildi, biroq qutqarilgan kitlar hamon qirg‘oq yaqinida turibdi. Ular yana o‘zini quruqlikka otish xavfi borligi bildirilmoqda. 

Kitlarni o‘zini qirg‘oqqa tashlashi sabablari hozircha aniqlanmadi. Mazkur hodisa kuzatuvlar tarixidagi dengiz sut emizuvchilari ommaviy halok bo‘lishi bilan bog‘liq eng keng ko‘lamli holat bo‘ldi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 61) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют