» » Braziliyada tiriklayin ko‘milgan go‘dak 8 soat yer ostida yotib, omon qoldi

Braziliyada tiriklayin ko‘milgan go‘dak 8 soat yer ostida yotib, omon qoldi


Braziliyada xatolik tufayli jonsiz deb topilgan chaqaloq dafn etilgach, sakkiz soat yer ostida yotib, tirik qoldi, deb yozadi The Mirror.

Bolani ikki politsiyachi topib olgan: ular yer ostidan chiqayotgan ovozni eshitib, yerni kavlay boshlagan va taxminan 50 sm chuqurlikda kichkina qizchaning tanasini ko‘rgan.

Politsiyachilar go‘dakning suyaklari singan deb taxmin qilib, tezkorlik bilan kasalxonaga yetkazgan. Shifokorlar uni intensiv davolash bo‘limiga yotqizgan, ayni paytda uning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, chaqaloqning onasi — 15 yoshli braziliyalik uni uyining vannaxonasida dunyoga keltirgan. Bola boshi bilan polga tushib ketgan, shuningdek, tug‘ilganidan keyin yig‘lamagan, shu sababli, qizning 57 yoshli buvisi chaqaloqni o‘lik deb o‘ylagan.

Ayol an’analarga rioya qilgan holda, bolani matoga o‘rab dafn qilishni maslahat bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют