» » Toshkentda 4 ming tonna palma moyini bojxona to‘lovlarisiz olib kirgan MChJ aniqlandi

Toshkentda 4 ming tonna palma moyini bojxona to‘lovlarisiz olib kirgan MChJ aniqlandi


Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tomonidan MChJlardan birining noqonuniy xatti-harakatlariga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, MChJ 11,9 ming tonnadan ortiq palma moyining salkam 4,7 ming tonnasini ruxsatsiz va hech qanday to‘lov to‘lamay bojxona omboridan olib chiqib ketgan.

Aslida 4,7 ming tonna palma moyi uchun 13 milliard 99 million so‘m bojxona to‘lovi to‘lanishi lozim edi.

Ayni paytda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tomonidan ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют