» » Kanada qirg‘oqlarida noodatiy shaklga ega aysberg paydo bo‘ldi (video)

Kanada qirg‘oqlarida noodatiy shaklga ega aysberg paydo bo‘ldi (video)


Aysberglarni kuzatish mumkin bo‘lgan dunyodagi eng ajoyib maskan Labrador va Nyufaundlend qirg‘oqlari hisoblanadi. Yaqinda bu yerda noodatiy shaklga ega muz parchasi paydo bo‘ldi, deb xabar beradi National Geographic.

Labradorning sharqiy qirg‘og‘i bilan Nyufaundlend orolining janubiy qirg‘og‘i orasida “Aysberglar vodiysi” joylashgan: bu yerga ulkan muz bo‘laklari ming yildan buyon suzib yuradi. Soatiga 7 kilometr tezlikda harakatlanadigan muzlar Baffin dengizi va Atlantika okeani orqali Grenlandiya orolidan keladi.

Har mavsum bu yerda 400 tadan 800 tagacha turli o‘lchamdagi muzlarni uchrastish mumkin. Aynan shu turdagi muz bo‘laklari oqibatida 1912-yil “Titanik” kemasi halokatga uchragan. Hozirgi kunda esa aysberglarning harkatini maxsus xizmat kuzatib boradi.

Yaqinda Apper Amxerst Kov shahri qirg‘oqlarida o‘rtasida teshigi bor, ko‘rinishidan ertaklardagi qasrlarni yodga soluvchi aysberg paydo bo‘ldi. Dengiz to‘lqinlari ushbu muz bo‘lagini qirg‘oqqa chiqarib tashlagan. Biroq hozirda mazkur muz parchasi deyarli erib ketgani aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2018, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют