» » Buxoroda uylanishni va’da qilib qizning 1600 dollarini olgan soxta DXX xodimi qo‘lga olindi.

Buxoroda uylanishni va’da qilib qizning 1600 dollarini olgan soxta DXX xodimi qo‘lga olindi.


Buxoro IIB jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi firibgarlik jinoyati sodir etilgani haqida “Daryo”ga xabar berdi.

Buxoro IIBga murojaat qilgan qiz telefon orqali o‘zini Davlat xavfsizlik xizmati xodimi deb aytgan yigit bilan tanishgan. Yigit qizga uylanish va to‘ydan oldin o‘zining uyini qizning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Qizning ishonchiga kirgan yigit uyni uning nomiga rasmiylashtirish uchun pul berib turishini so‘ragan. Qizdan 1600 AQSh dollarini olgan yigit unga uylanmay va nomiga hech qanday uyni rasmiylashtirmay pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

O‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan va firibgarlik jinoyati sodir etgan Mirshohid Nig‘matovga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2018, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют