» » O‘zbekistonda valyuta birjasida dollar kursi birinchi bor 7896 so‘mni tashkil etdi

O‘zbekistonda valyuta birjasida dollar kursi birinchi bor 7896 so‘mni tashkil etdi


O‘zbekiston valyuta birjasida 2017-yilning 5-sentabrida valyutani liberallashtirish boshlanganidan buyon dollar kursi birinchi bor 7900 so‘mdan past ko‘rsatkichda — 7896 so‘mdan sotilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga asoslanib, Spot xabar berdi.

O‘zbek so‘mi 2018-yilning fevralidan boshlab o‘z o‘rnini mustahkamlay boshladi — unga qadar esa davriy ravishda bir dollar uchun 8190 so‘mga qadar arzonlashib bordi. Aprel oyining oxirida biroz oshdi va shundan buyon birinchi marotaba 7900 so‘mga yaqinlashdi.

O‘tgan hafta 9765 so‘mga qadar ko‘tarilgan yevro kursida esa vaziyat boshqacha (may oxirida yevro kursi 9395 so‘mni tashkil etgandi). Joriy haftada yevro yana pastga “sho‘ng‘ib”, ikki kun ichida 397 so‘mga arzonlashdi.

Markaziy bankning ma’lum qilishicha, regulyator birjada kurs almashinuviga ta’sir ko‘rsatadigan yangi intervensiya strategiyasini qo‘llamoqda. Shu sababli har hafta ham birjada, ham regulyator kursida yangi rekordlar qayd etilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют