» » “Hech narsa besabab bo‘lmaydi”. “Million” jamoasining sobiq a’zosi Otabek Mirzaxolov jamoani tark etish sabablarini ma’lum qildi (video)

“Hech narsa besabab bo‘lmaydi”. “Million” jamoasining sobiq a’zosi Otabek Mirzaxolov jamoani tark etish sabablarini ma’lum qildi (video)


“Million” jamoasining sobiq a’zosi Otabek Mirzaxolov  “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad uyushtirdi.

Intervyu davomida Otabek Mirzaxolov  “Million” jamoasidan ketish sabablari hamda yangi “Milliy art” jamoasi tuzilganligi haqida batafsil gapirib berdi.

Hech narsa besabab bo‘lmaydi, bu narsaning ham o‘ziga yarasha sabablari bor. To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, shunaqa savollarga javob bermaslik uchun, intervyu berishdan qochib yurgan edim. O‘zaro kelishuvga ko‘ra, ijod borasida alohida-alohida bo‘lib ijod qilishga qaror qildik. Endi ijod shunaqa ekanda, alohida ijod qiladigan vaqtimiz kelibdi, biz alohida ijod qilishni boshladik. O‘ylashimcha bundan muxlislar faqat yutadi, chunki har yili o‘nta kulgu konserti bo‘layotgan bo‘lsa, bundan buyog‘iga o‘sha konsertlar soni o‘n bitta bo‘ladi. Qo‘ldan kelganicha muxlislarni kuldirishga harakat qilamiz, sababi, qo‘limizdan faqat shu ish keladi. Ijodiy tamonlama bo‘linishga to‘g‘ri kelib qoldi, sababi u guruhda ijod qilayotgan bolalarning formati, ajralib chiqqan bolalarning formatiga to‘g‘ri kelmay qoldi. Bu faqat ijod tomonlama, hayotda biz xuddi avvalgidek aka-ukamiz, bordi-keldimiz bor.

Otabek Mirzaxolov, “Milliy art” jamoasi a’zosi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2018, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют