» » Toshkentda kasalxonadagi bemorning pulini o‘g‘irlagan kishi 3 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi

Toshkentda kasalxonadagi bemorning pulini o‘g‘irlagan kishi 3 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi


Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Bo‘z mahallasida Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani sudi tomonidan sayyor sud majlisi o‘tkazildi. Unda ayblanuvchi S.R.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

S.R. 1992-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Muqaddam sudlanib, ma’lum muddat ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Ammo bu ham uning ko‘zini ochmadi. S.R. 2017-yil 6-may kuni kech soat 18:00 atrofida Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Davolash profilaktika markazi palatalaridan biriga yashirincha kirib, davolanayotgan fuqaro M.Ch.ga tegishli bo‘lgan 1 million 700 ming so‘m miqdoridagi pulni yashirin ravishda olib, hodisa joyidan g‘oyib bo‘ladi. Markazda joylashtirilgan kuzatuv kameralarida qing‘ir ishlari namoyon bo‘lgan jinoyatchi ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Jinoyatchi sudda qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini va keltirilgan moddiy zararni to‘liq qoplab berganini bildirib, yengillik berilishni so‘radi.

Sud S.R.ni Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan ayblab, unga nisbatan 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.

S.R. Jinoyat kodeksi 59-moddasining 8-qismiga asosan Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining 2017-yil 18-sentabrdagi hukmi bilan tayinlangan jazoga qisman qo‘shish yo‘li bilan 3 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют