» » Namanganlik fuqaro xonadon yerto‘lasida yashirin sex tashkil qilganligi aniqlandi

Namanganlik fuqaro xonadon yerto‘lasida yashirin sex tashkil qilganligi aniqlandi


Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan noqonuniy, ya’ni yashirin ravishda ishlab chiqarish yoki savdo-sotiq faoliyati bilan shug‘ullanish holatlariga chek qo‘yish va oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda amaldagi qonun hamda tartib-qoidalarga zid ish ko‘rayotgan fuqarolar aniqlanib, ularga nisbatan tegishli ta’sir choralari ko‘rilmoqda, deb yozadi O‘zA.

Shunday tadbirlardan birida Namangan shahrida tug‘ilgan A.U. Oromgoh mahallasidagi xonadonlardan biri yerto‘lasida yashirin sex tashkil qilib, erkaklar uy kiyimi tikish bilan shug‘ullanayotganligi ma’lum bo‘ldi. “Tadbirkor”ning ikki turdagi, qiymati 3 million 500 ming so‘mlik tikuv mashinasi hamda yarim tayyor mahsulotlari vaqtinchalik saqlash uchun daliliy ashyo sifatida olinib, “Namangansavdo” ulgurji bazasiga qarashli maxsus do‘konga topshirildi.

Shuningdek, Namangan tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Uychi tumanida yashovchi, 1978-yilda tug‘ilgan N.S. qo‘lbola uskunada muzqaymoq noni ishlab chiqarayotganligi aniqlandi. Huquqbuzardan bir turdagi ikkita qo‘lbola yasalgan muzqaymoq noni tayyorlaydigan uskuna vaqtincha saqlovga olindi.

Chortoq tumanida fuqaro F.S. esa qonunga zid ravishda shlokablok g‘isht mahsuloti ishlab chiqarayotgani aniqlandi. Qoidabuzardan 50 dona qiymati 100 ming so‘mlik mahsulot daliliy ashyo sifatida olindi.

Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi Z.N. paxta titish, to‘raqo‘rg‘onlik I.B. paxta yog‘ini qadoqlash, Uychi tumanidan N.M. darvoza tayyorlashga ixtisoslashgan yashirin ishlab chiqarish sexlarini tashkil etgan. Ayni paytda huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют