» » Paleontologlar Rossiya hududida qadimiy yirtqich kaltakesak qoldiqlarini topdi

Paleontologlar Rossiya hududida qadimiy yirtqich kaltakesak qoldiqlarini topdi


Olimlar Rossiyaning Kirov viloyatidagi Kotelnich shahri yaqinida o‘tkazgan qazilma ishlari davomida qadimiy yirik yirtqich kaltakesak va tunshapalak qoldiqlarini topdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Yirtqich kaltakesak va tunshapalak qoldiqlarining topilishi Perm davrida Yer yuzida yashagan yirtqichlar ommaviy qirilib ketganidan keyin ekotizimda joy almashganini ko‘rsatgan.

Dinozavrlar paydo bo‘lguniga qadar Yerda sudralib yuruvchi va sutemizuvchining belgilarini birlashtirgan yirik kaltakesaklar hukmronlik qilgan. Ular yaxshi rivojlangan jag‘ apparatiga ega bo‘lgan, tangalari bo‘lmagan. Ularning anatomiyasi tez yugurishga imkon bergan.

“Gorgonopslar” deb ataluvchi eng “rivojlangan” va yirik kaltakesaklar, shuningdek, ularning “kichik ukalari” terotsefallar o‘z tuzilishi bilan muzlik davridagi qilichsimon tishli yo‘lbarslarga o‘xshagan. Ular o‘ta kuchli so‘yloq tishlarga ega bo‘lgan va tez yugurib, o‘ljani ta’qib qila olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2018, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют