» » “Real” Krishtianu Ronalduni sotadi, uning narxi belgilandi

“Real” Krishtianu Ronalduni sotadi, uning narxi belgilandi


Krishtianu Ronalduning “Real” bilan shartnomasiga ko‘ra uning tovon puli 1 milliard yevroni tashkil qiladi. Ammo “Qirollik klubi” 33 yoshli portugaliyalik hujumchini 200 million yevrodan kam bo‘lmagan mablag‘ evaziga sotib yuborishga tayyor ekanligini e’lon qildi, deb yozadi “Championat.com”.

Xorij OAVlarida Ronalduga PSJ, “Manchester Yunayted”, “Bavariya”, “Yuventus”ning qiziqayotganligi haqida xabarlar aylanmoqda. Biroq futbolchi borasida birorta rasmiy taklif klubga kelib tushganicha yo‘q.

Krishtianuning “Real” bilan shartnomasi 2021-yilning 30-iyun sanasida yakuniga yetadi. Yakuniga yetgan mavsumda futbolchi “Real” safida 44 o‘yinda maydonga tushib, 44 ta gol urib, 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun biroz vaqt muqaddam jamoa himoyachisi Marselo Ronalduning klub xo‘jayini emasligi haqida intervyu bergan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2018, 07:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют