» » Gruziyani mag‘lub eta olmagan O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida pastga sho‘ng‘idi

Gruziyani mag‘lub eta olmagan O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida pastga sho‘ng‘idi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFAning yangi reytingida ikki pog‘ona pastladi. Bunga qadar 61-o‘rinni egallab turgan jamoa, endilikda 63-o‘rinda ifoda etilgan.

O‘tgan oy davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikkita o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi. Amirliklarda Daniya olimpiya termasiga 1:2 hisobida imkoniyat boy berilgan bo‘lsa, Gruziya termasi bilan 2:2 hisobidagi durang qayd etildi.

Daniyaga qarshi uchrashuv FIFA reytingiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Chunki uchrashuv Daniya milliy terma jamoasiga qarshi emasdi. Gruziya bilan o‘yindagi durang esa FIFA hisobida turadi. Boisi bellashuv ikki mamlakat bosh jamoalari o‘rtasida kechgandi.

O‘zbekiston Osiyo mamlakatlari orasida Eron (32), Janubiy Koreya (39), Yaponiya (52), Avstraliya (54) va Saudiya Arabistonidan (56) keyin oltinchi bo‘lib turibdi.

JCh—2018 saralashida O‘zbekiston bilan bir guruhdan joy olgan termalardan Qatar 85-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Xitoy 86, Suriya 93-pog‘onada ko‘rsatilgan.

FIFA reytingini Argentina terma jamoasi boshqarib turibdi. O‘ntalikdan mos ravishda Braziliya, Germaniya, Chili, Belgiya, Fransiya, Kolumbiya, Portugaliya, Urugvay va Ispaniya termalari joy olgan.

Ma’lumot uchun, Samvel Babayan ustozlik qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ayni paytda Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib turibdi. Bugun — 10-fevral kuni Rossiyaning “Amkar” klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tsa, ertasiga Armaniston chempionatining amaldagi chempioniga qarshi uchrashuv tashkil etiladi. Har ikki bellashuv ham FIFA reytingiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmaydi.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют