» » Adliya vazirligi va USAID O‘zbekistonda qonun ustuvorligini mustahkamlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi

Adliya vazirligi va USAID O‘zbekistonda qonun ustuvorligini mustahkamlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi


Adliya vazirligi 8-iyun kuni AQShning USAID xalqaro taraqqiyot agentligi bilan O‘zbekistonda qonun ustuvorligini mustahkamlash sohasida hamkorlikni ko‘zda tutuvchi o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Mazkur hujjat USAID administratori o‘rinbosari Xavyer Pyedra va adliya vaziri Ruslanbek Davletov tomonidan imzolandi.

Adliya vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, memorandum 2017—2021-yillar Harakatlar strategiyasiga muvofiq O‘zbekistonda sud-huquq tizimini isloh qilishni qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutadi.

Memorandumga ko‘ra, qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha dasturlar doirasida USAID tomonidan moliyalashtiriluvchi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun uch yil davomida 12 million AQSh dollari ajratish rejalashtirilmoqda.

Jumladan, yangi qonunlar va me’yoriy-huquqiy aktlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik kadrlarni kasbiy rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarini  rivojlantirish uchun qulay huquqiy muhit yaratish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2018, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют