» » G‘azo sektorida sodir bo‘lgan to‘qnashuv oqibatida 4 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 600 dan ortiq odam jarohat oldi

G‘azo sektorida sodir bo‘lgan to‘qnashuv oqibatida 4 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 600 dan ortiq odam jarohat oldi


G‘azo sektori chegarasida Isroil qo‘shinlari bilan sodir bo‘lgan to‘qnashuv oqibatida to‘rt nafar falastinlik halok bo‘ldi, yana 600 dan ortiq kishi jarohat oldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Ashraf al-Kidra ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

“G‘azoning sharqiy chegaralarida sodir bo‘lgan to‘qnashuvlar oqibatida 4 nafar falastinlik halok bo‘ldi, shuningdek, 618 kishi jarohat oldi, ular orasida sakkiz nafarining ahvoli og‘ir”, — deydi matbuot kotib.

Isroil harbiylarining hisob-kitoblariga ko‘ra, mintaqadagi norozilik namoyishida 10 mingga yaqin falastinlik ishtirok etmoqda. Ta’kidlanishicha, namoyishchilar qo‘lbola portlovchi qurilmalar va toshlarni otmoqda, shuningdek, varraklarni yondirib chegaraning qarama-qarshi tarafida yong‘in chiqarishga urinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют