» » Jismoniy shaxslardan rangli metall parchalari va chiqindilarini faqat “O‘zikkilamchiranglimetall” qabul qiladi

Jismoniy shaxslardan rangli metall parchalari va chiqindilarini faqat “O‘zikkilamchiranglimetall” qabul qiladi


Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi “Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibi hamda jismoniy shaxslardan qabul qilishga ruxsat etilgan maishiy maqsaddagi rangli metallar parchalari va chiqindilari ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda “O‘zikkilamchiranglimetall” matbuot xizmati xabar berdi.

2019-yil 1-yanvardan boshlab tashkilotlarning tugatilishi, rekonstruksiya va modernizatsiya qilinishi tartibotlarini o‘tkazish davomida hisobdan chiqariladigan tarkibida rangli va qora metallar bo‘lgan tabiiy va ma’naviy eskirgan asbob-uskunalar “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ va “O‘zmetkombinat” AJga erkin narxda topshirilishi kerak.

Qarorga muvofiq “O‘zikkilamchiranglimetll” AJ ikki oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va respublika viloyat, shaharlari va tuman markazlarida ushbu qarorda ko‘rsatilgan rangli metallar parchalari va chiqindilarini jismoniy shaxslardan qabul qilish punktlari tashkil etiladi.

Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga ko‘ra jismoniy shaxslardan rangli va qora metallarning elektr texnikasi, sanoat, harbiy ahamiyatga ega bo‘lgan parcha va chiqindilarini, shuningdek, temiryo‘l, harakatdagi tarkiblar va aviatsiya transporti qismlarini sotib olish taqiqlanadi.

Qarorga ko‘ra, 16 yoshga to‘lmagan shaxslardan metall parchalarini qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslardan metall parchalarini qabul qilishga qonuniy vakillarining ularning pasportiga oid ma’lumotlar va yashash manzillari ko‘rsatilgan yozma roziligi mavjud bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi.

Qabul qilingan metall parchalari uchun to‘lov pul mablag‘lari bilan bozor asosida aniqlanadigan erkin narxlar bo‘yicha, yuridik shaxslar uchun – naqdsiz shaklda, jismoniy shaxslar uchun – naqd shaklda, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq to‘lovning boshqa usullarida amalga oshiriladi.

Qarorga ko‘ra jismoniy shaxslardan qabul qilishga ruxsat etilgan maishiy maqsaddagi rangli metall parchalari ro‘yxatiga 84 turdagi mahsulot kiritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2018, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют