» » Shavkat Mirziyoyev Xitoyda Si Szinpin bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Xitoyda Si Szinpin bilan uchrashdi


Shavkat Mirziyoyev Sindao shahrida o‘tayotgan ShHT sammiti doirasida Xitoy raisi Si Szinpin bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevni Xitoyga tashrifi bilan qutlab, O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli strategik sheriklik va ko‘p formatli hamkorlikka katta ahamiyat qaratishini ta’kidladi.

O‘zbekiston Prezidenti Shanxay hamkorlik tashkilotiga muvaffaqiyatli raislik va Sindao sammiti yuqori darajada tashkillashtirilgani bilan Xitoy rahbarini tabrikladi.

O‘zbekiston bilan Xitoy munosabatlari har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan. O‘zaro manfaatli hamkorlik barcha muhim sohalarni qamrab olgan va izchil rivojlanib bormoqda. 2017-yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 5 milliard dollarni tashkil etgan.

O‘zbekistonda Xitoy kapitali ishtirokida 700 dan ziyod korxona, qator kompaniyalar vakolatxonalari ochilgan. O‘zaro hamkorlikda sanoat, yuqori texnologiyalar, neft-gaz, kimyo, transport va logistika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston – Xitoy hamkorligining bugungi holati atroflicha tahlil qilindi. Iqtisodiyot, savdo, investitsiya, transport kommunikatsiyalari, yuqori texnologiyalar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Buning uchun ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish muhimligi alohida qayd etildi.

Shuningdek, Birlashgan Millatlar tashkiloti, ShHT va boshqa tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют