» » Rossiya fuqaroligini olish masalasi bo‘yicha onlayn xizmat ishga tushurildi

Rossiya fuqaroligini olish masalasi bo‘yicha onlayn xizmat ishga tushurildi


Rossiya Ichki ishlar vazirligi saytida Rossiya fuqaroligini olish masalalari bo‘yicha onlayn xizmat tashkil qilindi, deb xabar beradi Sputnik.

Tashqi ishlar vazirligi vakili Irina Volkning so‘zlariga ko‘ra, ushbu xizmat Rossiya prezidenti topshirig‘iga asosan Rossiya fuqaroligini olish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalari tezkorlik bilan hal qilish maqsadida tashkil etildi.

Shuningdek, saytda “Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi masalalari” maxsus bo‘lim yaratildi. Ushbu bo‘limda arizalarni ko‘rib chiqish tartibi va hujjatlar shakllari bo‘yicha kerakli ma’lumotlar joylashtirildi.

“Rossiya fuqaroligi olish bo‘yicha qiynchiliklar yuzaga kelgan holatlarda bevosita to‘g‘ridan to‘g‘ri Rossiya IIV migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasiga murojaat qilish maqsadida bu onlayn-xizmat ishga tushirildi. ‘Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bo‘lmoqchiman’ deb nomlangan banneri IIV sahifasida mavjud. Barcha murojaatlar tarmoq mutaxassislari tomonidan Rossiya qonunchiligida belgilangan muddatlar ichida o‘rganib chiqiladi”, — deb ta’kidladi Irina Volk.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 60) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют