» » O‘zbekiston bosh konsuli Stavropolda “O‘zbekiston” sanatoriysi imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston bosh konsuli Stavropolda “O‘zbekiston” sanatoriysi imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish masalalarini muhokama qildi


O‘zbekistonning Rossiyadagi bosh konsuli Mehriddin Xayriddinov Stavropol o‘lkasiga keldi. Bu yerda u Rossiya prezidenti ma’muriyati, o‘lka hukumati, munitsipalitet va jamoatchilik vakillari bilan uchrashdi, deya ma’lum qildi Stavropol televideniyesi.

Mehriddin Xayriddinov O‘zbekistonda turizm va aholini sog‘lomlashtirish, jumladan, sihatgohlarni rivojlantirish masalalariga katta e’tibor berilayotganini qayd etdi. Ulardan ayrimlari Rossiya hududida joylashgan. Xususan, Kislovodskdagi “O‘zbekiston” sanatoriysi. Uning yillik quvvati hozirda 75-80 foizga foydalanilmoqda.

— “O‘zbekiston” sanatoriysi nafaqat respublika fuqarolarini sog‘lomlashtirishga qaratilgan ijtimoiy, balki iqtisodiy va moliyaviy foyda keltiradigan investitsiyaviy loyihaga ham aylanish istiqbollariga ega, — ta’kidladi Kislovodsk meri Aleksandr Kurbatov.

Bosh konsul o‘lka mutasaddilari bilan iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, madaniyat va turizm sohalaridagi aloqalarni rivojlantirish, mintaqada O‘zbekiston kunlarini o‘tkazishga qaratilgan protokol takliflarini imzoladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2018, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют