» » Serxio Busketsning sariq kartochkasini bekor qilgan Ispaniya futbol uyushmasi, Luis Suaresni kubok finalidan mosuvo qildi

Serxio Busketsning sariq kartochkasini bekor qilgan Ispaniya futbol uyushmasi, Luis Suaresni kubok finalidan mosuvo qildi


“Barselona” klubi hujumchisi Luis Suares Ispaniya kubogining “Alaves”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan final o‘yinida ishtirok eta olmaydi. Bu haqda “Sports.ru” xabar berdi.

Urugvaylik hujumchi yarim finalning “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tgan “Atletiko”ga qarshi o‘yinida maydondan chetlatilgandi. Ispaniya futbol uyushmasining hakamlar qo‘mitasi uni bir emas, ikki bellashuvda o‘ynatmaslikka qaror qilgan.

Avvaliga sariq, keyinroq esa qizil kartochka olgani uchun Suares aslida 1 ta uchrashuvni o‘tkazib yuborishi kerak edi. Biroq hakam qarshisidagi nomaqbulligi uchun qo‘mita unga bitta uchrashuvlik diskvalifikatsiyani kam deb topdi.

Bu qaror “Barselona” rahbariyatiga yoqmadi. Aytilishicha, Kataloniya klubi qaror ustidan apellyatsiya berishga ham ulgurgan. Bunda Kataloniya klubi yutib chiqqan taqdirida ham Suares final o‘yinini qo‘yib yuborishga majbur bo‘ladi. G‘oliblik faqatgina kelasi mavsum uchun Ispaniya kubogida Suaresga yengillik yaratishi mumkin bo‘ladi xolos.

Hakamlar qo‘mitasi “Barselona” foydasiga ishlaydigan qarorini ham e’lon qilgan. “Atletiko”ga qarshi uchrashuvda Serxio Buskets referi tomonidan o‘yinni cho‘zgani uchun ogohlantirilgandi. Vaziyatni atroflicha o‘rganib chiqqan qo‘mita Busketsni aybsiz deb topdi. Futbolchi maydonda ikkita to‘p borligini ko‘rgani uchun, uni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga harakat qilgan bo‘lib chiqdi.

Ma’lumot uchun, Ispaniya kubogining final o‘yini 27-may kuni bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda finalga qaysi stadion mezbonlik qilishi borasida munozaralar davom etmoqda.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют