» » “Toshshahartransxizmat”ning kapital qurilish xizmati boshlig‘i Guliston hokimi etib tayinlandi

“Toshshahartransxizmat”ning kapital qurilish xizmati boshlig‘i Guliston hokimi etib tayinlandi


To‘lqinjon Dadaboyev Guliston shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilishlaricha, 9-iyun kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurgan. Tashrif davomida bosh vazir raisligida xalq deputatlari Guliston shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilgan.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan. Viloyat hokimi qaroriga asosan Guliston shahri hokimi Sherzod Ismatullayev o‘rniga To‘lqinjon Dadaboyev Guliston shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan.

Ma’lumot uchun, T.Dadaboyev 1965-yil Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Bugungi kunga qadar “Toshshahartransxizmat” kompaniyasining kapital qurilish xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2018, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют